Bugun 8 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Eronning Keshm orolida portlashlar sodir bo‘ldi

Eronning Keshm orolida portlashlar sodir bo‘ldi

Payshanba kuni kechqurun Eronning Keshm orolida kuchli zarba to‘lqini bilan birga kuchli portlashlar eshitildi.

Eron OAVlari xabar berishicha, guvohlar orolning sharqiy qismida bir necha portlash sodir bo‘lganini ma’lum qilgan.

Tasnim agentligi xabariga ko‘ra, portlashlar Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining Hormuz bo‘g‘oziga kiraverishdagi “dushman nishonlari”ga qarshi olib borayotgan operasiyalari bilan bog‘liq.

Qayd etilishicha, voqeaning qo‘shimcha tafsilotlari yaqin soatlarda e’lon qilinadi.

Qeshm oroli Hormuz bo‘g‘ozida joylashgan bo‘lib, dunyodagi asosiy neft tashish yo‘llaridan biriga yaqinligi tufayli strategik ahamiyatga ega.

Kiritildi: 09:30 07.08.2026. O'qildi: 729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!