Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eronning JChdagi kelajagi so‘roq ostida

Eronning JChdagi kelajagi so‘roq ostida

Eron terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olganiga qaramay, siyosiy kelishmovchiliklar tufayli musobaqada ishtirok eta olmaslik ehtimoli bor.

Forslar saralash bosqichida O‘zbekiston va BAA jamoalarini ortda qoldirib, "A" guruhida g‘olib bo‘ldi va shu tarzda 2026 yil AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladigan jahon chempionatiga yo‘llanma qo‘lga kiritdi.

Biroq bir qator Britaniya va Amerika ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning aralashuvi vaziyatni o‘zgartirdi. U eronliklarning Qo‘shma Shtatlarga kirishini taqiqlovchi qonunni imzolagani bois Eronning turnirda qatnashishi murakkablashdi.

FIFA hozircha rasmiy bayonot bermagan, ammo Janni Infantinoga qaror qabul qilish bo‘yicha bosim kuchaymoqda. Eronning guruh bosqichidagi barcha o‘yinlarini Meksikada o‘tkazish bo‘yicha taklif berilgan, biroq Eron keyingi bosqichga chiqsa, bu variantni amalga oshirish qiyin bo‘ladi.

Kiritildi: 23:37 23.06.2025. O'qildi: 1099 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!