Eron kecha tunda bergan zarbalari oqibatida Isroilning Hayfa shahrida joylashgan neftni qayta ishlash zavodi shikastlangan. Zarbalar natijasida quvur tizimi va elektr uzatish liniyalariga mahalliy zarar yetgan. Halokat yo‘q, zavodda ishlab chiqarish jarayoni davom etmoqda, deb yozdi Times of Israel.
Shu bilan birga, Isroil SSV ma’lumotlariga ko‘ra, Eron hujumlari oqibatida so‘nggi 24 soat ichida 12 kishi halok bo‘lgan, 385 nafar inson tan jarohati olgan.