Biz yaqin 2-3 hafta ichida Eronga juda kuchli zarbalar beramiz. Ularni tosh davriga, o‘zlari uchun munosib holatga qaytaramiz — Donald Tramp
AQSh prezidentining boshqa bayonotlari:
◾️ Qo‘shma Shtatlar Erondagi harbiy amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlash arafasida;
◾️ Hozirda biz uchun ustuvor vazifa diplomatiya emas, balki jangovar harakatlarni davom ettirish;
◾️ Eron endi Yaqin Sharq uchun tahdid tug‘dirmaydi;
◾️ Qo‘shma Shtatlarda yoqilg‘i narxlarining qisqa muddatli oshishiga Eronning xatti-harakatlari sabab bo‘ldi, ammo mamlakat iqtisodiyoti bunga tayyor;
◾️ Eron raketalari Yevropaga ham, AQShga ham yetib borishi mumkin edi, ular imkon qadar ko‘proq qurol ishlab chiqarishni xohlashgan edi va biz bu qurollarni yo‘q qildik;
◾️ Qo‘shma Shtatlarga Yaqin Sharq nefti umuman kerak emas;
◾️ Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bilan bog‘liq vaziyat harbiy amaliyot tugaganidan keyin hal etiladi;
◾️ Ho‘rmuz orqali neft olishni xohlaydigan mamlakatlar bo‘g‘ozdagi xavfsizlikni o‘zlari ta’minlashlari yoki uni AQShdan sotib olishlari kerak.