Eronga qarshi harbiy harakatlar davomida hozirgacha 18 nafar AQSh harbiysi halok bo‘lgan, 757 nafari jarohatlangan.
“RIA Novosti” Pentagondagi manbalariga tayanib xabar berishicha, ularning 14 nafari “Epik g‘azab” amaliyoti chog‘ida, yana to‘rt nafari esa 7 iyuldan keyin vafot etgan.
Eronga qarshi olib borilgan harbiy harakatlar davomida yaralangan AQSh harbiy xizmatchilari soni 757 nafarga yetgan.
"5 mayda yakunlangan “Epik g‘azab” amaliyoti davomida 418 nafar amerikalik harbiy yaralangan. 7 iyulda Eronga yangi zarbalar seriyasi boshlanganidan keyin esa yana 339 nafar harbiy xizmatchi jarohat olgan", deyiladi xabarda.