Bugun 12 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Eronga qarshi harbiy amaliyot: AQSh 6 kunda 11,3 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarfladi

Eronga qarshi harbiy amaliyot: AQSh 6 kunda 11,3 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarfladi

AQSh Eronga qarshi harbiy amaliyotning dastlabki olti kuni uchun 11,3 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarfladi, deb xabar bermoqda The New York Times.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Kongressi a’zolariga taqdim etilgan hisob-kitoblar faqat ayrim asosiy harbiy xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Shu sababli kampaniyaning birinchi haftasi uchun yakuniy xarajatlar bundan ham sezilarli darajada ko‘proq bo‘lishi mumkin.

"Bunga ayrim qo‘shimcha xarajatlar, xususan, logistika ta’minoti, qo‘shinlarni joylashtirish va boshqa harbiy operasion sarf-xarajatlarning barchasi to‘liq kiritilmagan", deya qayd etadi The New York Times.

AQSh ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Pentagon rasmiylari avvalroq Kongressga urushning dastlabki ikki kunidayoq taxminan 5,6 milliard AQSh dollarilik o‘q-dorilar sarflangani haqida ma’lumot bergan. Bu raqam avval jamoatchilikka taqdim etilgan taxminiy hisob-kitoblardan ancha yuqori ekani ta’kidlanmoqda.

Tahlilchilarga ko‘ra, harbiy amaliyotda yuqori aniqlikdagi raketalar, qanotli raketalar va boshqa zamonaviy qurollardan faol foydalanilayotgani xarajatlarning keskin oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:45. O'qildi: 399 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!