Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bu haqda xorijiy mamlakatlar elchilari bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Iran International.
"Eronda so‘nggi kunlarda sodir bo‘layotgan terrorchilik harakatlarida AQSh va Isroil ishtirok etganini ko‘rsatuvchi ko‘plab hujjatlar va dalillarimiz bor. Bu voqealarning aybdorlari albatta javobgarlikka tortiladi", — dedi Eron TIV rahbari.
Abbos Aroqchining so‘zlariga ko‘ra, buni Qo‘shma Shtatlarning sobiq davlat kotibi Mayk Pompeo ham tasdiqlagan.
"Pompeo Mossad agentlari isyonchilar yonida ekanini va ushbu terrorchilik harakatiga rahbarlik qilayotganini tan oldi", — deya ta’kidladi vazir.