Bugun 12 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Erondagi norozilik namoyishlari qurbonlari soni 116 nafarga yetdi

Erondagi norozilik namoyishlari qurbonlari soni 116 nafarga yetdi

Eronda iqtisodiy muammolar ortidan kelib chiqqan norozilik namoyishlarida halok bo‘lganlar soni 116 nafarga yetdi. Bu haqda AQShda joylashgan Inson huquqlari faollari axborot agentligi (HRANA) xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, norozilik aksiyalari 14 kundan beri davom etmoqda. Halok bo‘lganlar orasida 37 nafar xavfsizlik xodimi, to‘rt nafar tibbiyot xodimi va bir nafar prokuror bor. Yana 2600 dan ortiq kishi jarohat olgan, 2638 nafardan ziyod fuqaro hibsga olingan.

Eron rasmiylari halok bo‘lganlar va yaralanganlar bo‘yicha hozirgacha rasmiy ma’lumot bermadi. Bir kun avval HRANA qurbonlar soni 66 nafar ekanini ma’lum qilgan edi.

Norozilik namoyishlari 2025 yil 28 dekabr kuni Tehrondagi Katta bozorda boshlanib, keyinchalik mamlakatning boshqa shaharlariga tarqalgan. Namoyishlar kuchayishi ortidan mamlakat bo‘ylab internetga kirish cheklangan.

Kiritildi: 15:08 11.01.2026. O'qildi: 427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!