Bugun 12 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Erondagi norozilik namoyishlari mamlakatdagi 185 ta shaharni qamrab oldi

Erondagi norozilik namoyishlari mamlakatdagi 185 ta shaharni qamrab oldi

Erondagi norozilik namoyishlari mamlakatdagi 185 ta shaharni qamrab oldi, deb yozmoqda CNN

RT 14 kundan beri davom etayotgan namoyishning asosiy ma’lumotlarini to‘pladi:

🔸turli huquq himoyachilarining ma’lumotlariga ko‘ra, 78 dan 116 kishigacha halok bo‘ldi. HRANA tashkiloti 2,6 mingdan ortiq qo‘lga olinganlar haqida xabar bermoqda;
🔸Tasnim avvalroq Fors viloyatida xavfsizlik xizmatining olti nafar xodimi halok bo‘lganini xabar qilgandi. 120 dan ortiq huquq-tartibot xodimlari yaralangan;
🔸mahalliy OAVning yozishicha, namoyishlardan jinoiy guruhlar foydalanib qolishgan, bu esa bosqinchilik, talonchilik va zo‘ravonlik bilan bog‘liq vaziyatni yanada og‘irlashtirgan;
🔸namoyishlar fonida Eronda uchinchi sutkadirki internet yo‘q;
🔸The New York Times nashrining rasmiy shaxslarga tayanib ta’kidlashicha, Trampga namoyishlar fonida Eronga hujum qilish variantlari haqida hisobot berilgan, u bu haqda jiddiy o‘ylamoqda.

Kiritildi: 18:01 11.01.2026. O'qildi: 628 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!