Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Trampga mukofotni topshirish mumkin emas

Trampga mukofotni topshirish mumkin emas

Nobel qo‘mitasi “ko‘plab murojaatlar munosabati bilan” Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati maqomi o‘zgarmas ekanligi haqida press-reliz e’lon qildi.

“Faktlar aniq va barchaga yaxshi ma’lum. Nobel mukofoti berilgani e’lon qilingandan so‘ng, u qaytarib olinmaydi, bo‘linmaydi va boshqa shaxslarga topshirilmaydi. Qaror yakuniy bo‘lib, doimiy kuchga ega”, – deyiladi qo‘mita bayonotida.

Avvalroq Venesuela muxolifati yetakchilaridan biri Mariya Korina Machado, 2025 yilda olgan Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini AQSh prezidenti Donald Trampga topshirishga tayyor ekanini bildirgandi.

3 yanvar kuni AQSh maxsus kuchlari Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni o‘g‘irlab ketganidan so‘ng, Machado “venesuelaliklar uchun ozodlik vaqti keldi”, – deb bayonot bergandi. Biroq Donald Tramp Venesuelani AQSh vitse-prezidenti Delsi Rodriges bilan hamkorlikda boshqarishni rejalashtirayotganini aytdi. Rodriges Maduroning uzoq yillik safdoshi hisoblanadi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Machado mamlakat ichida yetarli qo‘llab-quvvatlovga ega emas. The Washington Post manbalarining xabar berishicha, AQSh prezidenti Machadoni qo‘llab-quvvatlashdan u Nobel mukofotini Trampga berishga rozi bo‘lmagani sababli voz kechgan. Chunki Donald Tramp ushbu mukofotni olishni judayam xohlagan.

Kiritildi: Bugun 11:35. O'qildi: 813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!