Bugun 12 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh fuqarolarini Venesueladan «zudlik bilan» chiqib ketishga chaqirdi

AQSh fuqarolarini Venesueladan «zudlik bilan» chiqib ketishga chaqirdi

Qo‘shma Shtatlar Venesuelada bo‘lib turgan o‘z fuqarolarini mamlakatni zudlik bilan tark etishga va u yerga sayohat qilmaslikka chaqirdi. Bu haqda Karakasdagi AQSh elchixonasi xavfsizlik vaziyatiga doir ogohlantirish e’lon qildi.

Bayonotda mamlakatdagi beqaror xavfsizlik holati, qo‘lli guruhlar faolligi va favqulodda konsullik yordamini ko‘rsatishdagi qiyinchiliklar xavf sifatida qayd etilgan. AQSh fuqarolariga ehtiyotkor bo‘lish va rasmiy yangilanishlarni kuzatib borish tavsiya etildi.

Venesuela tashqi ishlar vaziri Ivan Gil esa AQShning bu xavotirlarini «asossiz» deb atab, mamlakatda tinchlik va barqarorlik saqlanayotganini bildirdi.

Kiritildi: 15:32 11.01.2026. O'qildi: 1074 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!