Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Eronda suv toshqinlari 90 kishining umriga zomin bo‘ldi

Eronda suv toshqinlari 90 kishining umriga zomin bo‘ldi

Eronda yaqinda ro‘y bergan yirik suv toshqini oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

Tasnim agentligining shifokorlar ma’lumotlariga tayanib yozishicha, sakkiz kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.

trend.az saytining xabar berishicha, avvalroq 69 kishi halok bo‘lgani haqida aytilgan edi.

Iyun oyining oxirgi kunlari kuchli yog‘ingarchilik keltirib chiqargan suv toshqinlari Eronning 31 viloyatidan 24 tasini o‘z domiga tortdi. Baxtiariya, Isfaxon, Yazd, Lureston, Mazandaran, Tehron va Chaxormaxal viloyatlarida ahvol ayniqsa yomon ekani aytilmoqda.

Kiritildi: 15:16 04.08.2022. O'qildi: 1262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!