Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Eronda namoyishchilar mamlakat oliy yetakchisi Xomeyniyning haykaliga o‘t qo‘ydi

Eronda namoyishchilar mamlakat oliy yetakchisi Xomeyniyning haykaliga o‘t qo‘ydi

Eronda hijobga va hukumatga qarshi norozilik aksiyalari doirasida namoyishchilar oliy yetakchi Ali Xomeyniyning o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Mashhad shahridagi haykaliga o‘t qo‘ydi. Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Eronda 22 yoshli Mahsa Aminiyning o‘limidan keyin boshlangan noroziliklar bir haftadan buyon davom etmoqda. U hijobni «noto‘g‘ri» o‘ragani uchun axloq polisiyasi tomonidan hibsga olingan, so‘ng polisiya uchastkasidan kasalxonaga olib ketilgan va u yerda vafot etgan edi.

Ilk aksiyalar 16 sentyabr kuni, qiz vafot etgan kuni boshlandi. O‘shandan buyon noroziliklar o‘nlab shaharlarni qamrab oldi. Ularning ishtirokchilari barrikadalar qurib olib, «Diktatorga o‘lim» va «Ayol, hayot, erkinlik» shiorlarini baralla aytmoqda. Huquq-tartibot organlari xodimlari aksiyalarni shafqatsizlik bilan tarqatmoqda — o‘nlab odamlar halok bo‘ldi, yuzlab kishilar jarohatlandi.

Iran Human Rights huquqni himoya qilish tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlar chog‘ida kamida 31 kishi halok bo‘lgan.

Noroziliklar boshlangach, Eron hukumati internetni cheklashga kirishdi, keyinroq esa uni umuman o‘chirib qo‘ydi.

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi doirasidagi matbuot anjumanida «Eronda fikr bildirish erkinligi» mavjudligini, ammo tartibsizlik yaratishga qaratilgan xatti-harakatlar nomaqbulligini aytdi.

Kiritildi: 23:58 24.09.2022. O'qildi: 3527 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!