Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Eronda Minab shahridagi maktabga berilgan zarba qurbonlari dafn etildi

Eronda Minab shahridagi maktabga berilgan zarba qurbonlari dafn etildi

Eron rasmiylariga ko‘ra, 28 fevral kuni Minab shahrida joylashgan «Shajare Tayebe» maktabi raketa zarbasiga uchragan.

Mahalliy prokuror ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida 168 nafar kishi halok bo‘lgan, 96 nafar esa jarohat olgan. Uning aytishicha, qurbonlarning aksariyati maktab o‘quvchilari bo‘lgan qizlardir.

Maktab Islom inqilobi posbonlari korpusi (KSIR) bazasi yaqinida joylashgan bo‘lib, ushbu baza ilgari ham zarbalarga uchragani aytilmoqda.

BBC portlash oqibatlari aks etgan videolarni tasdiqlagan. Biroq halok bo‘lganlar sonini mustaqil tekshirish imkoni yo‘q, chunki Eron xalqaro OAV vakillarini mamlakatga kiritishga ruxsat bermayapti.

Mazkur hodisa haqidagi xabarlarga javoban AQSh davlat kotibi Marko Rubio «Qo‘shma Shtatlar hech qachon maktabga ataylab zarba bermaydi», deya bayonot berdi.

Isroil harbiylari esa maktab yaqinida qandaydir amaliyot o‘tkazilgani haqida ma’lumotga ega emasliklarini bildirgan.

Kiritildi: Bugun 17:50. O'qildi: 543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!