Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Eronda koronavirusning ikkinchi to‘lqini avj oladimi?

Eronda koronavirusning ikkinchi to‘lqini avj oladimi?

Eronda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini bashorat qilinmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Said Namaki ma’lum qildi, deya xabar beradi Reuters.

Uning so‘zlariga ko‘ra, may oyida mamlakatda virus yuqtirganlar soni ko‘paygan, shuning uchun infeksiya ustidan g‘alaba haqida gapirishga hali erta. "Agar odamlar ehtiyot choralariga rioya qilmasa, biz eng yomon holatlarga ham tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak", — dedi Sog‘liqni saqlash vaziri. Namaki koronavirusning ikkinchi to‘lqini yanada xavfli bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Ta’kidlanishicha, 31 may kuni mamlakatda 2979 yangi koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Yana 81 kishi vafot etdi. Ehtiyot choralari aprel oyida sustlasha boshladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda 154,4 ming kishi koronavirusga chalingan. 7,8 ming kishi vafot etgan.

Kiritildi: 12:28 02.06.2020. O'qildi: 1792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!