Erondagi sud binosiga amalga oshirilgan hujum natijasida 6 kishi, jumladan bir ayol va bir chaqaloq halok bo‘ldi, 22 kishi jarohatlangan, deb xabar bermoqda Tasnim.
Mahalliy matbuotning xabar berishicha, Eronning janubi-sharqidagi Zohidon shahrida noma’lum qurollangan jangarilar sud binosiga bostirib kirib, o‘q uzishgan va portlashlar sodir etishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sud binosi tashqarisida ham otishmalar bo‘lgan, bino atrofidagi yo‘lovchilar ham o‘qqa tutilgan.
Sud binosiga beluj terrorchilari hujum qilgan. Qurbonlar — 6 nafar, jarohatlanganlar — 22 nafar. O‘ldirilganlarning uch nafari — sud binosi qo‘riqchilari. Shuningdek, uch terrorchi o‘ldirilgan.
«Jaysh al-Adl» terrorchilar guruhi hujumni o‘z bo‘yniga oldi — belujlarni o‘limga hukm qilgan va ularning uylarini buzdirgan sudyalardan o‘ch olish maqsadida terakt amalga oshirilgan.