Eron hukumati chorshanba kuni Isroil razvedka agentligi Mossad uchun josuslik va mamlakatda yuqori martabali amaldorga suiqasd uyushtirishda ayblangan uch kishi qatl etilganini e’lon qildi.
Bu haqda Eron OAVlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, qatl etilgan shaxslar (Idris Ali, Azad Shojaiy va Rasul Ahmad) alkogolli ichimliklar jo‘natmasi ostida qo‘poruvchilik uskunalarini olib o‘tishga uringan vaqtda hibsga olingan.
Xabarlarda, shuningdek, Eron xavfsizlik va razvedka xizmatlari 12 kun ichida 700 dan ortiq odamni josuslik va Isroil bilan hamkorlikda ayblab, hibsga olgani aytiladi.