2025 yil 25 iyun kuni tongda Eron hukumati Isroil maxsus xizmatlari — «Mossad» foydasiga josuslikda ayblangan 3 fuqaroni qatl etdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Hukumat ma’lumotiga ko‘ra, jazo etilgan shaxslar «Mossad» tomonidan yollangan va Eron hududiga maxsus uskunalarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishda ishtirok etgan. Bu uskunalar keyinchalik Erondagi yuqori darajali shaxslarga suiqasdlarda qo‘llangani aytilmoqda.
BBC yozishicha, shunga o‘xshash ayblovlar bilan bir necha kun oldin yana 2 kishi qatl etilgan. Irano-isroil urushi boshlanganidan beri, Isroil bilan aloqada bo‘lishda gumon qilingan 700 nafardan ziyod shaxs qo‘lga olingan.
Isroil 13 iyun kuni Eronga hujum qilib, bu bilan Eron yadroviy dasturini yo‘q qilish va muhim olim hamda harbiy rahbarlarni nishonga olishni maqsad qilganini ma’lum qilgan. Eron javob tariqasida Isroil hududini o‘qqa tutgan. 22 iyun kuni AQSh havo kuchlari Eron yadroviy inshootlariga zarba bergan. 24 iyun kuni tomonlar otashkesimga erishgan: Isroil o‘z maqsadlariga erishganini, Eron esa hujumlarni muvaffaqiyatli qaytarganini ma’lum qildi.