Eronda Isroil razvedka agentligi Mossadga josuslikda aybdor deb topilgan shaxs qatl etildi.
Bu haqda Eron OAVlari xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, qatl etilgan shaxsning ismi Esmoil Fekri bo‘lgan.
Bu oxirgi haftalarda Isroil foydasiga josuslik bilan bog‘liq uchinchi qatl edi.