25 yoshli Alirizo Vesal-Mofard maktab davridan beri 24 yoshli amakivachchasiga ko‘ngil qo‘yib yurardi. Biroq Mohra uni jiddiy qabul qilmasdi.
Yigit o‘z niyatining jiddiyligini isbotlash maqsadida qizga turmush qurishni taklif qildi. Ammo qarindoshi buning imkonsiz ekanligini aytib, uning ustidan kuldi, xolos.
Xo‘rlangan Alirizo qasos olishga ahd qildi - u Mohra ishlaydigan dorixonaga bostirib kirib, uning boshiga o‘q uzdi. Shundan so‘ng sevgilisining jasadi yonida o‘zini ham o‘ldirdi.