Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Eronda ayollar "boshyalanglik, axloqsizlik va odobsizlikni targ‘ib qilganlik" uchun o‘lim jazosiga mahkum etilishi mumkin — The Guardian

A A A
Eronda ayollar "boshyalanglik, axloqsizlik va odobsizlikni targ‘ib qilganlik" uchun o‘lim jazosiga mahkum etilishi mumkin — The Guardian

Eronda shu hafta butun mamlakat bo‘ylab yangi majburiy axloq qonunlari kuchga kiradi. Endilikda “odobsizlik va nomaqbul xatti-harakatlarni targ‘ib qilish yoki tarqatish”da ayblangan ayollarni kaltaklash, 10 yilgacha qamoq jazosiga mahkum qilish va 15 ming AQSh dollari miqdorida jarimaga tortish jazolariga duchor qilish mumkin bo‘ladi. “Hayo me’yorlarini buzish, ommaviy axloqsizlik va boshqa qonunbuzarliklarni targ‘ib qilish” esa o‘lim jazosiga sabab bo‘ladi.

Qayd etilishicha, ushbu jazo turlari mamlakatdan tashqaridagi Eron fuqarolariga ham tegishli. Huquq himoyachilarining fikricha, xorijda yashovchi eronlik ayollar ijtimoiy tarmoqlarda ochiq suratlarini joylashtirsa yoki Eronda taqiqlangan ko‘rinishlarda ko‘rinsa, o‘lim jazosiga mahkum etilishi mumkin.

Shuningdek, qonunbuzarliklar haqida xabar bermaganlar jarimaga tortiladi.

Kiritildi: 19:05 11.12.2024. O'qildi: 874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!