“Prezidentga ko‘ra, bugun 800 ta qatl to‘xtatildi, ular rejalashtirilgan edi va 14 yanvarda amalga oshirilishi kerak edi”, — dedi Livitt. Shu bilan birga, u Oq uy rahbarida bunday ma’lumot qayerdan paydo bo‘lganini aniq aytmadi.
Donald Tramp avvalroq “juda muhim manbalar” unga Eronda qatllar to‘xtatilishini aytganini iddao qilgan edi. Livitt qo‘shimcha qilishicha, AQSh prezidenti vaziyat rivojini kuzatishda davom etyapti va barcha harakat variantlarini ko‘rib chiqish imkonini ochiq qoldirmoqda.
Oq uy matbuot kotibining aytishicha, “prezident Tramp nima qilishini faqat o‘zi biladi”, uning rejalaridan esa maslahatchilarning juda kichik guruhigina xabardor.
Bundan oldin, 14 yanvar kuni, Eron sud hokimiyati rahbari G‘olyam Husayn Mohseni-Edjei noroziliklar chog‘ida ushlangan 18 000 kishiga nisbatan sud jarayonlarini tezlashtirib o‘tkazish va ularning bir qismiga o‘lim jazosi tayinlash kerakligini aytgan edi. Shu bilan bir vaqtda, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arog‘chi Fox News'ga bergan intervyusida Eron hokimiyatida “umuman odam osish rejasi yo‘q”ligini ta’kidlagan.
Eronda namoyishlar 2025 yil 28 dekabr kuni boshlangan. O‘sha kuni Tehronda do‘kon egalari iqtisodiy vaziyat yomonlashganiga e’tiroz sifatida savdo nuqtalarini yopgan. Keyinroq aksiyalarga boshqa yirik shaharlar aholisi ham qo‘shilgan.
Eron iqtisodi esa 40 foiz atrofidagi inflyasiya va G‘arb sanksiyalari sabab qiynalmoqda.