AQSh ma’muriyati Eron ikki haftadan keyin qolgan masalalarni hal qilish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etishini kutmoqda, deb xabar berdi Amerikaning "Axios" portali va Isroilning 12-kanali muxbiri Barak Ravid "X" ijtimoiy tarmog‘ida. U Vashington va Tehron o‘rtasidagi bilvosita muzokaralarning ikkinchi raundini samarali deb atash mumkinligini ta’kidladi.
"Eron bilan muzokaralarda progressga erishildi, biroq hali muhokama qilinishi kerak bo‘lgan ko‘plab tafsilotlar bor. Eronliklar ikki hafta ichida ayrim hal etilmagan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha batafsil takliflar taqdim etishini aytishdi", — deya amerikalik mulozimning so‘zlaridan iqtibos keltirdi jurnalist.