Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Ukraina Qurolli kuchlari bir necha kun ichida 200 kvadrat kilometr hududni ozod qildi

Ukraina Qurolli kuchlari bir necha kun ichida 200 kvadrat kilometr hududni ozod qildi

Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) hisobotiga ko‘ra, 2023 yil iyun oyida boshlangan qarshi hujumdan buyon ukrainalik harbiylar shunday qisqa muddat ichida bunchalik katta hududni qaytarib olmagan edi. Taqqoslash uchun, butun dekabr oyida Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina hududining 244 kvadrat kilometrini egallagan.

ISW Ukraina hujumining muvaffaqiyati Rossiya armiyasi foydalangan Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti terminallarining o‘chirilgani bilan izohlamoqda. Starlink'dan foydalana olmagan Rossiya qo‘shinlari o‘tgan haftada atigi bir kun hujum qilgan. Qolgan vaqt davomida tashabbus Ukraina Qurolli kuchlari tomonida bo‘lgan.

Asosiy jangovar harakatlar Zaporijjya viloyatida bo‘lib o‘tgan, bu hududda Rossiya qo‘shinlari 2025 yil yozidan buyon sezilarli darajada oldinga siljigan edi. Shuningdek, Ukraina harbiylari Donesk viloyatining Pokrovsk yo‘nalishida hamda Xarkov viloyatidagi Kupyanskda ham muvaffaqiyatlarga erishgan.

Kiritildi: Bugun 18:11. O'qildi: 566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!