Italiya Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun Jenevaga boradigan Rossiya delegasiyasining havo ustidan parvozini ma’qulladi.
Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalari xabar berishdi.
Parvozlarni kuzatish kanallariga ko‘ra, Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchiligidagi delegasiya samolyoti Italiya havo hududiga kirgan. Moskva-Jeneva reysi taxminan to‘qqiz soat davom etadi.