Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

"Barselona" yutqazdi

"Barselona" yutqazdi

Ispaniya La Ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi 24-turidan o‘rin olgan «Jirona» va «Barselona» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Jironadagi «Munisipal de Montilivi» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda «oq-qizillar» 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. O‘yinni bosh hakam Sesar Soto Grado boshqarib bordi.

45+3-daqiqada Lamin Yamal penaltini golga aylantira olmadi — to‘p darvoza ustuniga tegdi. 59-daqiqada Pau Kubarsi hisobni ochib, «ko‘k-anorranglilar»ni oldinga olib chiqdi. 62-daqiqada Toma Lemar javob golini urdi. G‘alaba to‘pini esa 87-daqiqada Fran Beltran kiritdi. 90+9-daqiqada mezbonlar a’zosi Xoel Roka qizil kartochka oldi — u Aksel Vitsel bilan birgalikda Yamalni qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi va bu holat mushtlashuv kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.

Ushbu o‘yindan so‘ng «Jirona» 29 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda, «Barselona» esa 58 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallab turibdi.

Keyingi turda «oq-qizillar» 23 fevral kuni safarda «Alaves» bilan to‘qnashadi, «ko‘k-anorranglilar» esa 22 fevral kuni o‘z maydonida «Levante»ni qabul qiladi.

Ispaniya La Ligasi, 24-tur

«Jirona» — «Barselona» — 2:1

Gollar: Kubarsi, 59 (0:1). Lemar, 62 (1:1). Beltran, 87 (2:1).

Amalga oshirilmagan penalti: Yamal, 45.

«Jirona»: Gassaniga, Martines, Blind, Vitor Reys, Rinkon, Xil (Roka, 68), I. Martin (Franses, 90), Vitsel, Lemar (Beltran, 67), Sigankov, Vanat (Echeverri, 74).

«Barselona»: X. Garsiya, X. Martin (Balde, 63), E. Garsiya (Arauxo, 73), Kubarsi, Kunde, Olmo (Bernal, 80), de Yong, Fermin Lopes, Rafinya (Bardji, 64), Torres (Levandovski, 73), Yamal.

Ogohlantirishlar: E. Garsiya, 41. Kunde, 84

Chetlatish: Roka, 90

Kiritildi: Bugun 07:30. O'qildi: 651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!