Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Eron yadroviy quroldan voz kechish evaziga sanksiyalarni bekor qilishni talab qilmoqda

Eron yadroviy quroldan voz kechish evaziga sanksiyalarni bekor qilishni talab qilmoqda

Eron rasmiylari iqtisodiy sanksiyalarni olib tashlash evaziga Qo‘shma Shtatlar bilan ma’lum shartlar asosida yadroviy kelishuv imzolashga tayyor.

Bu haqda NBC News telekanaliga Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiyning maslahatchisi Ali Shamxoniy ma’lum qildi.

"U Eron hech qachon yadroviy qurol ishlab chiqarmaslik majburiyatini olishini, qurol sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralaridan xalos bo‘lishini, uranni faqat fuqarolik maqsadlarida foydalanish uchun zarur bo‘lgan pastroq darajagacha boyitishga rozi bo‘lishini va Eronga qarshi barcha iqtisodiy sanksiyalarni zudlik bilan bekor qilish evaziga xalqaro inspektorlarga bu jarayonni nazorat qilish imkonini berishini aytdi," - deyiladi nashrda.

Kiritildi: Bugun 06:54. O'qildi: 318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!