Bugun 15 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Eron yadroviy qurol yaratish niyatida emas

 Eron yadroviy qurol yaratish niyatida emas

Eron prezidenti Masud Pezeshkian Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi.

«Oliy yo‘lboshchining fatvosiga asoslanib, biz hech qanday yo‘l bilan yadro qurolini yaratishga intilmadik va intilmaymiz ham, hech kim bu siyosatdan chetga chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi», — deya Pezeshkyan so‘zlarini keltiradi uning matbuot xizmati.

U, shuningdek, Eronning «tinch yadroviy faoliyatiga oid shubhalarni bartaraf etish va sezilgan muammolarni hal qilish» uchun MAGATE bilan hamkorlik qilishga va yaqinlashishiga tayyorligini bildirdi.

E’tiborlisi, AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bir kun oldin Eron yadroviy dasturiga qarshi chiqqan o‘z jamoasi tarkibini e’lon qilgan edi.

Shunday qilib, Davlat kotibi lavozimini egallashga tayyorlanayotgan 53 yoshli senator Marko Rubio Eronga nisbatan keskin pozisiyasi bilan tanilgan, Tehronni Yaqin Sharqdagi muammolar sababchisi deb biladi.

Yana bir siyosatchi, 50 yoshli kongressmen Maykl Vals kelasi yildan boshlab milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi bo‘ladi. U Eronni qattiq tanqid qilishi bilan ham tanilgan va uning tayinlanishi allaqachon isroillik konservatorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Kiritildi: Bugun 10:36. O'qildi: 241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!