Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Eron yadroviy dasturini davom ettirmoqchi

Eron yadroviy dasturini davom ettirmoqchi

Eron o‘zining yadroviy dasturini saqlab qolish niyatida. Bu haqda Eron atom energiyasi agentligi (AEOI) rahbari Muhammad Eslami davlat telekanali IRIB orqali chiqishida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqarish jarayoni to‘xtamasligi kerak va davom ettirilishi lozim.

Ayni vaqtda Isroil va AQSh tomonidan Eron yadroviy ob’ektlariga qilingan hujumlardan keyin yetkazilgan zarar hajmi to‘liq aniqlanmagan. Eslami ta’kidlashicha, ob’ektlarda baholash ishlari hali ham olib borilmoqda.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, urushdan so‘nggi vayronagarchilik miqyosi hozircha noaniq. AQSh prezidenti Donald Tramp asosiy yadroviy inshootlar to‘liq yo‘q qilinganini da’vo qilgan, biroq bu bayonot hozircha mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan. Shuningdek, Eron rejimi hujumlar vaqtida qancha boyitilgan uranni saqlab qolgani ham hozircha noma’lum.

Kiritildi: 15:36 24.06.2025. O'qildi: 720 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!