Eron bir necha oydan beri yuqori boyitilgan uran ishlab chiqarishni ko‘paytirishda davom etmoqda.
Bu haqda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) ning AFP tanishgan yopiq hisobotida aytiladi.
MAGATE Tehron boyitilgan uran zaxiralarini 60 foizgacha oshirganidan "jiddiy xavotir" bildirdi.
Agentlik Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha "qoniqarsiz" hamkorligiga e’tibor qaratdi. MAGATE mutaxassislari, shuningdek, Eron tergov ostidagi uchta ob’ekt hududida uranni boyitish bilan shug‘ullanganini va BMTga o‘z faoliyati haqida hech qanday ma’lumot bermaganini aniqladi.