Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Eron xavfsizlik kuchlari namoyishda odamlarning yuzlarini atay nishonga olganmi?

Eron xavfsizlik kuchlari namoyishda odamlarning yuzlarini atay nishonga olganmi?

Erondagi ko‘plab namoyishchilarning ko‘zlari jarohatlangan. Buni xavfsizlik kuchlari ataylab amalga oshirganiga jabrlanuvchilarning ishonchi komil

12 nafar eronlik namoyishchining ko‘zlariga xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘q uzilgani da’vo qilinmoqda.

O‘tgan sentyabr oyidan beri Eronda o‘n minglab aholi yosh kurd ayol Mahsa Aminiyning o‘limi yuzasidan norozilik namoyishi o‘tkazmoqda.

Rasmiylar bunga polisiyaning repressiyalari bilan javob berdi: deyarli 20 ming kishi hibsga olindi, 500 kishi o‘ldirildi. Ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan yoshlarning so‘zlariga ko‘ra, ularning asosan ko‘zlari nishonga olingan.

Eron polisiyasi maxsus kuchlari qo‘mondoni Hasan Karami yaqinda mahalliy OAVda bu kabi da’volarni rad etdi. U polisiya odamlarning yuzlarini nishonga olgani haqidagi dalillarni propoganda deb atadi.

Kiritildi: 23:10 02.02.2023. O'qildi: 3129 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!