Eron va Rossiya BRIKS sammitida ishtirok etadigan Eron prezidenti Masud Pezeshkianning Rossiya Federasiyasiga tashrifi chog‘ida strategik hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolashni rejalashtirmoqda.
Tasnim agentligi xabariga ko‘ra, bu haqda parlamentning milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi a’zosi Abulfazl Zohrvand ma’lum qilgan.
Pezeshkian yaqinda Tehronda Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari Sergey Shoygu bilan uchrashuvi chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish ustida ish olib borilayotganini aytdi.
Avvalroq Shoygu Rossiya Federasiyasi ikki davlat o‘rtasida yangi asosiy davlatlararo shartnomani imzolashga eng yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur bo‘lgan ichki tartib-qoidalarni bajarayotganini ma’lum qilgandi.