Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Eron va Yevrouchlik ikki yil ichida ilk bor yadroviy masalalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

Eron va Yevrouchlik ikki yil ichida ilk bor yadroviy masalalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

Eron va Yevrouchlik davlatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya) ikki yillik tanaffusdan so‘ng 29 noyabr kuni Jenevada yadroviy masalalar bo‘yicha muzokaralarni davom ettiradi.

Bu haqda Nour News agentligi xabar berdi.

"Eron va Yevropa Ittifoqi vakillaridan iborat delegasiyalar ikki yillik tanaffusdan keyin yadroviy muzokaralarni qayta boshlash uchun juma kuni Jenevada uchrashadi", — deyiladi agentlik bayonotida.

Qayd etilishicha, Rossiya, AQSh va Xitoy muzokaralarda qatnashmaydi.

Agentlikning xabar berishicha, Eron delegasiyasiga Eron tashqi ishlar vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Majid Taxt-Ravanchi boshchilik qiladi.

Kiritildi: Bugun 18:19. O'qildi: 209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!