Eron va AQSh o‘rtasidagi tinchlik memorandumi 14 iyun kuni imzolanishi mumkin — Reuters.
Agentlik manbalarning so‘zlariga ko‘ra, memorandum Jenevada bir tomondan AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens, ikkinchi tomondan esa Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir G‘olibof tomonidan imzolanadi.
"AQSh Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozni ochishi evaziga uning milliardlab dollarlik aktivlarini muzlatishdan chiqarishni boshlaydi va neft eksportiga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qiladi. Keyingi 60 kunlik muzokaralar davomida Eronning yadroviy dasturi masalasi muhokama qilinadi", deb yozadi Reuters.
Shu bilan birga, nashrning qayd etishicha, Eron bundan avval o‘z yadroviy dasturini tugatish imkonsiz ekanligini ma’lum qilgan edi.