Eron o‘z aholisining aksariyati uchun internetni butunlay o‘chirib qo‘yishga hozirlanmoqda. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
"Global internetdan foydalanish faqat amaldorlar va maxsus tekshiruvdan o‘tgan fuqarolar uchun imtiyozga aylanadi, qolganlarga esa davlat tomonidan to‘liq nazorat qilinadigan milliy tarmoqdan foydalanish imkoni beriladi", deya yozmoqda nashr.
Eronda davom etayotgan ommaviy norozilik namoyishlari fonida 10 kundan ortiq vaqtdan beri mamlakat tarixidagi eng yirik aloqa uzilishi davom etmoqda.