Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Eron rasmiylari AQSh prezidenti Donald Tramp talab qilayotganidek ikki oy ichida texnik jihatdan murakkab va har tomonlama bitimga erishishni imkoni bor deb hisoblamaydi. Tehron to‘laqonli kelishuvga tayyorgarlik ko‘rish uchun "ko‘proq vaqt kerak" degan fikrda.
"Vashington va Tehron o‘rtasidagi oraliq bitim Eronning uranni boyitish bo‘yicha ayrim ishlarni to‘xtatishini hamda BMT inspektorlariga o‘z yadroviy ob’ektlariga kirish imkonini kengaytirishni nazarda tutishi mumkin", deb yozadi Axios.