Eron inqilob qo‘riqchilari korpusi Fors ko‘rfazida yoqilg‘i kontrabandasida ayblanib, Togo bayrog‘i ostidagi neft tankeri qo‘lga olinganini e’lon qildi.
Inqilob gvardiyasining ikkinchi mintaqaviy dengiz qo‘mondonligi bayonotida, Busher qirg‘oqlarida 1,5 million litrdan ortiq noqonuniy mazut bo‘lgan Togo bayrog‘ini ko‘targan neft tankeri qo‘lga olinganini bildirdi.
Ushbu xabarga ko‘ra, sud qarori bilan tanker Hindiston va Shri-Lanka fuqaroligiga ega bo‘lgan 12 ekipaj a’zosi bilan Busher qirg‘oqlariga olib ketilgan.