AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchilari Erondagi harbiy harakatlar va qon to‘kishlar uchun javobgardirlar.
Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida yozgan.
"Adolatli va teng huquqli kelishuvga erishish mumkinligini hisobga olsak, Qo‘shma Shtatlar prezidentiga noto‘g‘ri maslahat berganlar qon to‘kilishi uchun javobgar bo‘lishlari kerak", deb ta’kidladi u.
Arag‘chi Yaqin Sharqdagi keskinlashuv ham Eron, ham Amerika xalqiga majburan yuklanganini ta’kidladi.
O‘sha kuni Eron diplomatiyasi rahbari Tehron hech qachon Vashingtondan sulh yoki dolzarb masalalar bo‘yicha muzokaralar so‘ramaganini aytdi. Arag‘chi shuningdek, Eron faqat Amerika ob’ektlari, infratuzilmasi va harbiy bazalariga zarba berayotganini ta’kidladi.
28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy operasiya boshladilar. Natijada Oliy rahbar Ali Xomenei va bir nechta yuqori lavozimli amaldorlar o‘ldirildi. Shundan so‘ng, Eron nafaqat Isroildagi, balki AQSh va ittifoqdosh harbiy bazalari joylashgan mamlakatlardagi - Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Bahrayn, Iroq va Kiprdagi nishonlarga ham zarba bera boshladi.