Tehron tahdidlar bo‘lmagan taqdirda yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralarga tayyor, dedi Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi.
Bu haqda u Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Shu bilan birga, Arakchining so‘zlariga ko‘ra, Eron rasmiylari Vashingtonning konstruktiv muzokaralarni boshlashga tayyorligiga shubha qilmoqda.
"Biz Vashington halol va adolatli muzokaralarga tayyorligiga ishonmaymiz va u tayyor bo‘lganida, biz bu masalani jiddiy ko‘rib chiqamiz," - dedi vazir.