Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kazem G‘aribobodiy AQSh prezidenti Donald Trampning Hormuz bo‘g‘ozini AQSh hududi deb e’lon qilish niyatidagi bayonotiga munosabat bildirdi.
Eronlik diplomat bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida yozdi.
“Hormuz bo‘g‘ozini ijtimoy tarmoqdagi nashrlar, samolyot tashuvchilar, buyruqlar yoki saylovoldi nutqlari bilan egallab olish mumkin emas. Eron na tahdidlar, na kuch namoyishlaridan qo‘rqmaydi”, deb yozgan u.
Donald Trampga murojaat qilib, G‘aribobodiy AQSh Eronga qarshi urushdagi “strategik va jiddiy mag‘lubiyatlarini” tan olishi kerakligini ta’kidladi.
“Hormuz bo‘g‘ozi Eronga tegishli edi, Eronga tegishli edi va Eronga tegishli bo‘lib qoladi. Bu bo‘g‘oz faqat Eronning buyrug‘i bilan ochiladi va yopiladi va siz haqiqiy mag‘lubiyatingizni tan olmaguningizcha va xayollaringizdan voz kechmaguningizcha, Eron Hormuz bo‘g‘ozini blokirovka qilishda davom etadi”, deb ta’kidladi u.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp ilgari AQSh dengiz floti Hormuz bo‘g‘ozini to‘liq blokirovka qilganini e’lon qilgan edi.
"Eronni to‘liq mag‘lub etganimizdan so‘ng, men tez orada Hormuz bo‘g‘ozini AQSh hududi deb e’lon qilaman", dedi Oq uy prezidenti.
O‘z navbatida, Eron rasmiylari agar AQSh muntazam ravishda aralashishda davom esa, dengiz blokadasini joriy qilsa va 17 iyun kuni Tehron va Vashington o‘rtasida imzolangan kelishuvga rioya qilmasa, Hormuz bo‘g‘ozi ochilmasligini ta’kidladilar.
Donald Tramp shuningdek, AQSh Hormuz bo‘g‘ozi ustidan "to‘liq nazorat"ga ega ekanligini va uni saqlab qolishga qodir ekanligini ta’kidladi.