Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Eron Tel-Avivga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda

Eron Tel-Avivga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda

Eron AQShning Islom Respublikasi infratuzilmasini yo‘q qilish tahdidi amalga oshirilsa, Tel-Avivga qarshi yanada kuchliroq hujumlar uyushtirishga tayyorligini e’lon qildi.

Bu haqda Eron Qurolli Kuchlari Bosh shtabi bayonotida aytilgan.

"Agar AQSh prezidenti Donald Trampning Eron ko‘priklari, elektr stansiyalari va energetika infratuzilmasini yo‘q qilish tahdidlari amalga oshirilsa, Eron Qurolli Kuchlari yanada kuchliroq hujumlar uyushtiradi", deb ta’kidladi Bosh shtab.

Ularning qo‘shimcha qilishicha, hujumlar nafaqat AQSh va Isroil ob’ektlariga, balki Tel-Avivning "muhimroq va kengroq qismlariga", shuningdek, mintaqadagi AQSh bazalari joylashgan mamlakatlarga ham qaratilgan bo‘lishi mumkin.

Eron harbiylari shuningdek, AQSh harbiy bazalarini joylashtirgan davlatlar potensial zararni oldini olish uchun "amerikaliklarni o‘z hududlarini tark etishga majbur qilishlari" kerakligi haqida ogohlantirdi.

Kiritildi: Bugun 09:45. O'qildi: 2752 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!