Eronga qarshi "Epik g‘azab" operasiyasi boshlanganidan beri 365 nafar amerikalik harbiy xizmatchi yaralangan.
Bu haqda The Wall Street Journal Pentagonga tayanib xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar orasida 247 nafar AQSh armiyasi, 63 nafar dengiz floti, 36 nafar havo kuchlari va 19 nafar dengiz piyodalari bor.
Avvalroq, operasiya davomida 13 nafar amerikalik harbiy xizmatchi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.