Eron Tashqi ishlar vazirligi mamlakatdagi tartibsizliklar tufayli Britaniya, Fransiya, Italiya va Germaniya elchilarini chaqirtirdi, deb xabar bermoqda Fars agentligi.
"Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va Fransiya elchilari tartibsizliklar ishtirokchilari tomonidan sodir etilgan zo‘ravonlik videolarini shaxsan ko‘rish uchun Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi," - deyiladi xabarda.