Eron Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) hisobotini siyosiylashtirilgan deb baholadi va e’tiroz bildirdi.
"Eron MAGATEga bosim o‘tkazish orqali faqat siyosiy maqsadlarda tayyorlangan ushbu hisobotning e’lon qilinishidan afsuslanishini bildirgan holda, uning mazmuniga o‘z e’tirozini bildiradi," - deyiladi bayonotda.
Vazirlik ta’kidlashicha, hisobot agentlik bosh direktori vakolatlari doirasidan tashqariga chiqadi va xolislik tamoyillariga zid.
"Eron harbiy doktrinasida yadro qurollariga o‘rin yo‘q," - deya qo‘shimcha qildi TIV.