Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tadigan Jahon iqtisodiy forumidagi ishtirokini tashkilotchilar tomonidan bekor qilingani haqida izoh berdi.
Tegishli bayonot Eron tashqi ishlar vazirining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida joylashtirildi.
U forum tashkilotchilari ushbu qarorni AQSh va Isroilning siyosiy bosimi fonida qabul qilganini ta’kidladi. Arag‘chi bu qarorni ikki tomonlama standartlarning namoyon bo‘lishi deb hisobladi va uni "intellektual bankrotlik" deb ta’rifladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, Arag‘chining forumdagi ishtirokini bekor qilishidan tashqari, uning Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etish taklifi ham bekor qilindi. Ushbu qaror tashkilotchilar tomonidan Erondagi norozilik namoyishlari qattiq bostirilgani fonida qabul qilindi.