Eron harbiylari Suriyadagi bir qator muhim ob’ektlarga, jumladan Damashqdagi prezident saroyiga zarba berishi mumkin. Bu haqda Eron axborot agentligi xabar berdi.
Tehron Four Seasons va Sheraton mehmonxonalari, shuningdek davlat rahbarining saroy majmuasini ehtimoliy nishon sifatida ko‘rmoqda. Ularning ta’kidlashicha, bu joylar isroillik, amerikalik va britaniyalik maslahatchilar uchun yig‘ilish nuqtasi sifatida xizmat qilmoqda.
Tehron mehmonxona egalariga ham ogohlantirish bergan: agar muassasalarda xorijiy harbiylar joylashtirilsa, ular qonuniy nishon deb hisoblanadi.
Shuningdek, ehtimoliy nishonlar qatorida Livandagi Bayrut eski aeroporti ham bor. Manbalarga ko‘ra, u AQShning logistika bazasi sifatida ishlatilmoqda.