Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eron sport vaziri: "Bizda bunday sharoitda Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyati yo‘q"

Eron sport vaziri: "Bizda bunday sharoitda Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyati yo‘q"

Eron sport vaziri Ahmad Donyamaliy mamlakat terma jamoasi AQShda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etish-etmasligi borasida o‘z fikrini bildirdi.

"Korrupsiyaga botgan hukumat yetakchimizni o‘ldirganidan so‘ng, Jahon chempionatida ishtirok etishimizga imkon beradigan shart-sharoit qolmadi. Eronga qarshi amalga oshirilgan shafqatsiz xatti-harakatlar fonida – sakkiz yoki to‘qqiz oy davomida bizni ikkita urushga majburlashdi va buning natijasida minglab vatandoshlarimiz halok bo‘ldi – bunday vaziyatda bizda ishtirok etish imkoniyati aniq mavjud emas", — dedi Donyamaliy.

Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 17:45. O'qildi: 402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!