Bugun 18 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQShning Eronga qarshi urushdagi xarajatlari 1 trillion dollardan oshishi mumkin

AQShning Eronga qarshi urushdagi xarajatlari 1 trillion dollardan oshishi mumkin

Bu haqda The Intercept ekspertlar baholari va harbiy xarajatlar dinamikasiga oid ma’lumotlarga tayanib xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, operasiyaning dastlabki ikki haftasida byudjet xarajatlari allaqachon 12 milliard dollarni tashkil etgan. "AQSh Isroil bilan birgalikda Eronga zarba berishni boshlaganidan beri taxminan 12 mlrd dollar sarfladi," - deya tasdiqladi Oq uy qoshidagi Milliy iqtisodiy kengash rahbari Kevin Xasset.

Nashrning tushuntirishicha, trillion dollarlik summa operasiya nafaqat kuchli raketa zarbalari, balki ehtimoliy quruqlikdagi aralashuvni, shuningdek, mintaqani keyinchalik barqarorlashtirishni talab qiladigan cho‘zilgan bosqichga o‘tgan taqdirda prognozlardan iborat.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, zarbalarning hozirgi intensivligi saqlanib qolsa va qimmatbaho raketalar zaxiralarini to‘ldirish zarurati tug‘ilsa, yakuniy summa Iroq yoki Afg‘onistondagi kampaniya uchun ko‘p yillik xarajatlar bilan taqqoslanishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 15:34. O'qildi: 526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!