Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Eron Rossiyaga hech qanday ballistik raketalar yetkazib bermagan

 Eron Rossiyaga hech qanday ballistik raketalar yetkazib bermagan

Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ma’lum qildi.

"AQSh va Yevropa yana bir bor ishonchsiz ma’lumotlarga va noto‘g‘ri mantiqqa asoslangan holda harakat qildi, Eron Rossiyaga ballistik raketalarni yetkazib bergani yo‘q", — deb yozadi Eron TIV rahbari X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Aroqchining so‘zlariga ko‘ra, Eronga qarshi sanksiyalar tarafdorlari o‘zlariga "Eron qanday qilib bunday ilg‘or qurollarni ishlab chiqarishi va sotishi mumkinligi" haqida savol berishlari kerak.

"Sanksiyalar muammolarning yechimi emas, balki uning bir qismidir", — deya qo‘shimcha qildi Eron Tashqi ishlar vaziri.

Kiritildi: 21:10 11.09.2024. O'qildi: 1100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!