Bu haqda The Times ma’lum qildi.
Eron yadroviy dasturini yanada kuchaytirish uchun Rossiya bilan yashirin muzokaralar olib bormoqda. G‘arb manbalari Eron yadroviy qurol yaratishga bir qadam qolganini aytishmoqda, deb yozadi The Times
Muzokaralarni Eronning eng nufuzli siyosatchilaridan biri, oliy rahnamo Ali Xomanaiyning yaqin safdoshi Ali Larijoniy olib bormoqda. U muntazam ravishda Rossiyaga uchib boradi, uning tashriflari haqida rasman hech narsa xabar qilinmagan.